Eron terma jamoasi etakchisi qachon jarohatdan qaytadi?
Eron terma jamoasi BAAning "Shabab Al-Ahli" klubi hujumchisi Sardor Azmun qachon safga qaytishi ma’lum.
30 yoshli futbolchi kecha Eron terma jamoasi lageriga tashrif buyurdi. Futbolchi davolanish jarayoni va qachon maydonga qaytishi haqida gapirdi.
"Tiklanish jarayonlari mana shu tarzda davom etsa, xudo hohlasa, tahminan ikki oy ichida maydonga qaytaman", - deya Azmunning so‘zlarini keltirdi Eron OAVlari.
Eslatib o‘tamiz, 18 noyabr kuni Eron terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘ynaydi. Bellashuv 21:00da start oladi.



Fikrlar