Eronda O'zbekistondan mag'lubiyatga keskin munosabat bildirildi

  • 24.09.2026 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Eron milliy terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinda hisob 10-daqiqada ochildi: O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov raqib himoyachisi xatosidan unumli foydalanib, jarima maydoni ichidan aniq zarba yo‘lladi.

Eron 49-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi — standart vaziyatdan keyin to‘p Vladimir Nazarov qo‘riqlayotgan darvozadan joy oldi. 

Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Behruz Karimovning raqib jarima maydonchasi ichiga yurishi penalti belgilanishi bilan yakunlandi. Eronliklar darvozaboni futbolchimizning yuziga urib yubordi. 

58-daqiqada Shomurodov ana shu penalatini aniq amalga oshirib, yana O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi.

O‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan uchinchi qo‘shimcha daqiqada maydonga zahiradan tushgan Husayn Norchaev raqamlar farqini oshirdi va uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi.

Eronning futbolga ixtisoslashgan Persian Soccer sayti O‘zbekiston — Eron o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin mehmonlar o‘yinini qattiq tanqid qildi. 

Nashr hisobotida uchrashuv yakunlari shunday baho berilgan:

- O‘yin yakunlandi: O‘zbekiston — Eron — 3:1. Eron yana bir bor juda yomon o‘yin namoyish etdi. Amir G‘alenoiy O‘zbekistondan uchinchi marta ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi va yetti o‘yindan buyon bu raqibni yuta olmayapti. 

G‘alenoiy kelgunga qadar Eron terma jamoasi 12 uchrashuvda O‘zbekistonga faqat bir marta yutqazgan edi, — deya ta’kidlanadi ushbu maqolada.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Eron 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin ilk uchrashuvlarini o‘tkazdi. Shimoliy Amerikadagi mundialda forslar mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsa-da, pley-offga chiqa olmagan edi. Ular Yangi Zelandiya (2:2), Belgiya (0:0) va Misr (1:1) terma jamoalariga qarshi bahslarda durang o‘ynagan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi juda murakkab guruhga tushib, Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilariga imkoniyatni boy bergan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!