Eronlik futbolchi Frantsiya chempionatiga ko‘chib o‘tyaptimi?

  • 2 may, 13:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" yarim himoyachisi Muxammad Moxebi OAV vakillariga "sariq-ko‘klar"dagi kelajagi haqida gapirdi. Avvalroq, futbolchiga Frantsiya jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

- "Frantsiya? Bu umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hozir bor e’tiborimni imkon qadar tezroq maydonga tushishga qaratganman", - deydi 26 yoshli futbolchi.

Ma’lumot uchun, eronlik futbolchi 2023 yildan buyon "Rostov"da to‘p tepmoqda. RPLning 2024/2025 yilgi mavsumda Moxebi 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol  urdi va  3 bora sheriklarining gollariga assistentlik qildi. Uning shartnomasi kelasi yili tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!