Eronliklar O'zbekiston va Kannavaro ishidan hayratda!

  • 25.09.2026 06:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eronning mashhur futbol manbalaridan biri — Team Melli Actu Farg'onada bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida milliy jamoaning O‘zbekistonga yutqazganidan so‘ng keskin tanqidiy munosabat bildirdi.

Nashrda ta’kidlanishicha, Eron terma jamoasi yana bir bor juda zaif o‘yin namoyish etgani eronliklarning hafsalasini pir qilgan. 

- Eron yana bir fojеaviy o‘yin ko‘rsatdi! Amir Galenoy uchinchi bor ketma-ket O‘zbekistonga mag‘lub bo‘ldi va hali-hanuz bu jamoani yuta olmayapti. 

Eronning o‘zbeklarga qarshi g‘alabasiz seriyasi endilikda yetti o‘yingacha cho‘zildi — bu vaqt ichida birorta g‘alaba yo‘q. 

Terma jamoa bosh murabbiyi hali ham o‘sha eski tarkibga tayanayotgani, yoshlarga yetarlicha imkoniyat berilmayotgani, avlodlar almashinuv kechiktirayotgani tanqid qilinyapti. Amir Galenoyning ish uslubi “qo‘lbola ishlanmalar” va sabotajga qiyos qilingan, uning mutaxassis sifatidagi ojizligi ta’kidlanyapti. 

Shu bilan birga, yana bir bor O‘zbekiston terma jamoasi  va uning bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tomonidan unga haqiqiy taktika dars o‘tilganini aytish lozim, — deb yozadi Team Melli Actu ekspertlari.

Eslatib o‘tamiz, italyanlik mutaxassis Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi Farg'onada Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. 

O‘yinning 10-daqiqasida hisobni Eldor Shomurodov himoyachilarning qo‘pol xatosidan keyin ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Jahongir O‘rozov o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi va hisob tenglashdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Eron darvozaboni jarima mayjonchasiga yorib kirgan Behruz Karimovning yuziga zarba berib yubordi. Belgilangan penal’tini 58-daqiqada Shomurodov golga aylantirib, dublini rasmiylashtirdi. 

To‘xtatishlar uchun qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Husayn Norchaev yana bir gol urib, uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!