
Ertaga para triatlon bo‘yicha “World Triathlon Para Cup Samarkand-2024” musobaqasi bo‘lib o‘tadi
Ertaga 18 may kuni ko‘hna Samarqand shahrida para triatlon bo‘yicha “World Triathlon Para Cup Samarkand-2024” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish lozimki, ushbu musobaqada dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 150 nafarga yaqin para atlet ishtirok etishi rejalashtirilgan.
“World Triathlon Para Cup Samarkand-2024” musobaqasida 4 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:
Erkaklar
Saidakbar G‘oziev PTS2
Eshboev Abdulaziz PTS4
Mashhurbek Abdusamatov PTS5
Ayollar
Shoxsanam Sobirjonova PTS5
Ma’lumot uchun, musobaqa nizomiga ko‘ra para triatlonchilar quyidagi masofalarda suzish, velosiped va yugurish poygalarida ishtirok etadi:
750 metr suzish
20 km velosiped
5 km yugurish
Musobaqaga soat 07:30 da start berilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar