Eshkak eshuvchi qizlarimiz qatorasiga ikkinchi yil jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Bolgariyaning Plovdiv shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha U-19 yosh toifasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, qizlarlar o‘rtasida kechgan JW2-juftlik dasturida o‘zbekistonlik sportchilar Aydana Smetullaeva hamda Rayhona Sattorova kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Qayd etish joiz, ushbu juftlik o‘tgan yilgi dunyo birinchiligida ham kumush medallarga ega chiqqan edi.
Akademik eshkak eshish, U-19 jahon chempionati (Bolgariya)
JW2-
Oltin: Italiya
Kumush: O‘zbekiston (A.Smetullaeva, R.Sattorova)
Bronza: Avstraliya
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar