Asosiy mazmunga oʻtish

Eshpo‘lat Hidoyatov "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Bu musobaqa Hidoyatov uchun birinchi Olimpiada bo‘ladi

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar nomini ma’lum qildi. Quvonarlisi, ular orasida o‘zbekistonlik mutaxassis Eshpo‘lat Hidoyatov ham bor.

Ma’lumot uchun, bu Eshpo‘lat Hidoyatov uchun birinchi Olimpiada bo‘ladi. Hakamimiz bungacha Nankin-2014 va Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar yozgi Olimpiya o‘yinlari, qit’a va jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlarida samarali faoliyat olib borgan. Mutaxassis 2022 yil O‘zbekistonda eng yaxshi hakam sifatida e’tirof etilgan edi.

Hidoyatov 20-24 iyun kunlari Gretsiyada Olimpiya o‘yinlariga saralab olingan hakamlar uchun tashkil etiladigan seminarda ishtirok etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q