"Espanyol" murabbiyi "Barselona"ga qarshi bahsdan keyin mag'lubiyatning asosiy sabablari haqida gapirdi
"Espanyol" bosh murabbiyi Manolo Gonsales "Barselona"ga qarshi derbidagi mag‘lubiyatdan (0:2) keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv davomida maydon egalari hisobni ochish uchun bir necha bor yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo "ko‘k-anorranglilar" darvozaboni Joan Garsiyani mag‘lub eta olmadi. "Espanyol" tarbiyalanuvchisi sobiq jamoasiga qarshi bahsda 6 ta zarbani qaytarib, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uchrashuv oxirida esa mehmonlar Dani Olmo va Robert Levandovskining gollari bilan raqibni jazoladi.
"Yuqori darajadagi raqiblarga qarshi o‘ynaganda shunday bo‘ladi. “Barselona”ni bunday kechirish mumkin emas. Shuncha imkoniyatni boy bersang, g‘alaba qozonish juda qiyin. Biz xafamiz, ammo o‘z kuchimizga ishonamiz. Bugun La Liganing eng kuchli jamoasiga qarshi kurasha olishimizni ko‘rsatdik", — deya Gonsales so‘zlarini keltiradi "Ze Tachlayn".
Mag‘lubiyatga qaramay, "Espanyol" turnir jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi. "Barselona" esa peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Fikrlar