ESPN boks olamida 2025 yilning eng yaxshilarini e’lon qildi
Amerikaning nufuzli sport portali ESPN 2025 yilgi boks mavsumini sarhisob qilib, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni e’lon qildi.
Yilning eng yaxshi erkak bokschisi: Terens Krouford.
Yilning eng yaxshi ayol bokschisi: Gabriela Fundora.
Yilning eng yaxshi janggi: Kris Yubank va Konor Benng o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv.
Yil kashfiyoti: Adam Azim.
Yil nokauti: Brayan Normanning Jin Sasakini mag‘lub etishi.
Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford o‘tgan yili professional boksdan ketishini ma’lum qildi.
Fikrlar