ESPN portali P4P reytingini yangiladi: Bivol qaytdi, "Kanelo" haydaldi, Usik ikkinchi, Naoya Inoue esa...

  • 04.06.2026 01:11
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikaning nufuzli ESPN portali ayni paytda vazn toifasidan qat’iy nazar, dunyodagi eng yaxshi bokschilar reytingini yangiladi.

Unga koʻra, ukrainalik Aleksandr Usik Niderlandiya vakili Riko Verxuvenni mag‘lub etganiga qaramay, reytingning ikkinchi pogʻonasida qoldi. Shu bilan birga, yarim ogʻir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol germaniyalik Mixael Ayfertni yengib, kuchli oʻntalikka qaytdi, natijada Saul Alvares reytingdagi oʻrnini yoʻqotdi.

3 iyun holatiga koʻra, vazn toifasidan qat’iy nazar, dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi:

1. Naoya Inoue (33-0).
2. Aleksandr Usik (25-0).
3. Jessi Rodriges (23-0).
4. Devid Benavides (32-0).
5. Shakur Stivenson (25-0).
6. Dmitriy Bivol (25-1).
7. Devin Xeyni (33-0).
8. Junto Nakatani (32-1).
9. Jaron Ennis (35-0).
10. Jay Opetaya (30-0).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!