Eto'o nima uchun Ibragimovichga rahmat aytdi?

  • 18 yanvar, 2023, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kamerunlik mashhur hujumchi Samyuel Eto'o qanday qilib "Inter" futbolchisiga aylangani haqida gapirdi. U “neradzurrilar” safidan ketgan Ibragimovich o‘rnini egallashi kerak edi. Kamerunlik futbolchi ushbu transferdan foyda ko‘rdi va "Inter" bilan birgalikda 2009/2010 yilgi mavsumni unutilmas o‘tkazdi. O‘shanda Milan klubi Joze Mourino qo‘l ostida 3 ta eng nufuzli musobaqa – Italiya chempionati vakubogi, shuningdek Chempionlar ligasida zafar quchdi.

“Zlatandan minnatdorman, shu transfer tufayli men “Inter”ga keldim va biz klub tarixidagi eng shonli sahifani yozdik. “Inter”ga kelganimda prezidentga ikki yildan keyin Chempionlar ligasini yutishimizni aytdim. Ammo biz bir yil o‘tib g‘alaba qozondik”, - dedi Eto'o.

Eslatib o‘tamiz, 2009 yil Eto'o "Barselona"dan "Inter"ga, Ibragimovich esa "Inter"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!