Eto'O nimadan ranjidi?

  • 17 dekabr, 2020, 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kamerunlik mashhur futbolchi Samuel Eto'O France Football nashri tomonidan tuzib chiqilgan barcha davrlarning eng yaxshi 3 ta ramziy terma jamoaning hech birida afrikalik futbolchi joy olmagani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Biz afrikaliklar mavjud emasmiz”, - deb yozgan Eto'O.

Samuel Eto'O faoliyati davomida "Barselona", "Inter" va "Chelsi" kabi jamoalarda muvaffaqiyatli to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, France Football tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoalarning asosiysidan Lev Yashin, Paolo Maldini, Frants Bekkenbauer, Kafu, Xavi, Lotar Matteus, Pele, Diego Maradona, Krishtianu Ronaldu, Ronaldo va Lionel Messi joy olgan edi.

Ikkinchi va uchinchi ramziy jamoalar bilan quyida tanishib olishingiz mumkin:

1) Janluiji Buffon — Roberto Karlos, Franko Barezi, Karlos Alberto — Alfredo Di Stefano, Frank Raykard, Andrea Pirlo, Zinedin Zidan — Ronaldino, Yoxan Kroyf, Garrincha.

2) Manuel Noyer — Paul Braytner, Serxio Ramos, Filipp Lam — Andres Inesta, Didi, Yoxan Neskens, Mishel Platini — Terri Anri, Marko van Basten, Jorj Best.

Ushbu terma jamoalar “Oltin to‘p” so‘rovnomasida ishtirok etuvchi 140 ta jurnalist orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida tuzib chiqilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!