Etti million yevro kerak emas! O‘ynamagan kunlarga maosh olmayman
Italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali diskvalifikatsiya davrida oʻz xohishi bilan maoshining katta qismidan voz kechgani maʼlum boʻldi.
Talksport nashri xabariga koʻra, futbolchi ushbu davr mobaynida maoshining 10 foizidan ham kamrogʻini olgan. Bu esa «Nyukasl» klubiga taxminan 7 million funt sterling mablagʻni tejash imkonini bergan.
Eslatib oʻtamiz, Tonali 2023 yil oktyabrida futbolchilar uchun taqiqlangan qimor oʻyinlarida qatnashgani sababli 10 oyga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Ayni paytda “Tottenxem”ga oʻtish arafasida boʻlib, yangi klubida haftasiga 275 ming funtdan ortiq maosh olishi kutilmoqda.

Fikrlar