"European Open 2026" turniri. O'zbekiston medallar jamg'arish bo'yicha 1-o'rinda!
Xabar berganimizdek, Sloveniya’da o‘tkazilayotgan Yevropa Kubogi(European Open 2026)ning birinchi kungi bahslarida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bu bilan Aleksey Budolin boshchiligidagi terma jamoamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha dunyoning 44 davlati orasida peshqadamga aylanib oldi. Kuchli uchlikda Sloveniya va Vengriya terma jamoalari joylashgan. Keyingi pog‘onalarda Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Serbiya, Turkiya delegatsiyalari bormoqda.

Bugun Yevropa Kubogining ikkinchi kuni o‘rta va og‘ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi.
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar