
"Everton" futbolchisi Otabek Shukurov jamoadoshiga aylandi
"Everton" yarim himoyachisi Bernard rasman Otabek Shukurov to‘p tepayotgan "Al-Sharja" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
28 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bernard sharjaliklar safida 20-raqam ostida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum braziliyalik futbolchi 18ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan. "Transfermarkt" portali futbolchini 12 million evroga baholamoqda.
"Sharja" o‘tgan mavsum BAA chempionatida 4-o‘rinni egallagan edi. Amirliklarning yangi mavsumi 19-avgust kuni boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar