
"Everton" markaziy bahsda Lenoning goli evaziga g‘alabaga erishdi
Angliya Premer-ligasi 33-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Everton" bahsi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golga "Arsenal" posboni Bernd Leno mualliflik qildi. Nemis posboni Risharlison tomonidan berilgan zarbani o‘z darvozasiga kiritib yubordi.
G‘alabaga erishgan "irischilar" ochkolari sonini 52 taga etkazib, bevosita "Arsenal" bilan oradagi farqni 6 taga etkazib oldi. 7-o‘rindagi "Liverpul" bilan endigi tafovut 1 ochkoni tashkil etmoqda.
Fikrlar