Asosiy mazmunga oʻtish

Evgeniy Popixin: Mag‘lub bo‘lishga haqqimiz yo‘q edi

Shahzod
Izohlar: 0

"Ermak" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (5:1) "Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yin bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. Og‘ir hastalikdan so‘ng vafot etgan Samvel Mnatsyanning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib qolaman. Men u bilan birga ishlaganman, ajoyib xokkeychi edi. Siz bilan birga faoliyat olib borgan yigitlarning vafoti haqida gapirish juda og‘ir. "Lokomotiv" klubining aviahalokatga uchraganida ham shunday holatga duch kelgan edim. Terma jamoada ishlagan ko‘plab "oltin xokkeychilar" bilan bir umrga hayrlashgan edim.

O‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba qozonishimiz lozim edi, ayniqsa, mana bunday qo‘llab-quvvatlashlardan so‘ng. Yigitlar bu ishni yaxshi uddalashdi. Shunday bo‘lsada, ko‘plab vaziyatlarda raqib posboni jamoasi joniga oro kirdi.

Zdunov bo‘sh darvoza qarshisida shaybani Voroninga uzatdi. Bundan vaziyatlar "respekt" deyman. Mana shunday holatlarda haqiqiy jamoani ko‘rish juda ham yoqimli. Bu jamoaviy ruh va buni rivojlantirish kerak", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q