
Evgeniy Popixin: Smiryagin sobiq jamoasiga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi
"Bugungi g‘alabadan juda ham xursandman. Juda ham kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi, hissiyotlar, shijoatli o‘yin - bugun barchasi bo‘ldi. Har ikkala darvozabon ham ajoyib harakat qilishdi. Roman Smiryagin o‘z darajasini ko‘rsatdi. U sobiq jamoasi maydoni g‘alaba qozonishni istagan edi. Uning uchun ham xursandman.
Bugun g‘alaba qozondik, chunki haqiqiy jamoa sifatida o‘ynadik. Tarkibda muammolar bo‘ldi, tajribali xokkeychilarning salomatligi yomonlashgani sabab asosan yoshlarga imkoniyat berdik. Bogatskiy VXLdagi ilk golini kiritdi va bu bilan uni tabriklab qolaman. Shogirdlarim sheriklari uchun ham harakat qilishdi. Jamoa tuzilmoqda, yigitlar xarakter ko‘rsatishmoqda va albatta bu meni xursand qilmoqda", - dedi Popixin.
Fikrlar