Evgeniy Popixin: VXLda istalgan jamoa raqibining "oyog‘idan chalishi" mumkin

  • 22 oktabr, 2019, 01:17
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

VXL muntazam chempionati doirasida "Rostov" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng "Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Qiyin bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdik. Raqib bugun ajoyib o‘ynadi, ayniqsa birinchi davrda. Balki Smiryagin bo‘lmaganda juda qiyin ahvolga tushib qolgan bo‘lar edik. Ikkinchi davrda gol kiritdik, ammo "javob"ini ham qabul qilib oldik. Keyinchalik uchrashuv bitta golga qadar davom etdi. Bugun omad ham bizga kulib boqdi. Bunga qadar yaxshi o‘ynasak ham mag‘lubyatga uchrayotgan edik. 

Hozir esa muhim bo‘lgan ikki ochkoni qo‘lga kiritdik. Pavel Sinyavskiy uchun xursandman, u bugun dublga erishdi. Raqibni chiroyli o‘yin bilan tabriklagan bo‘lar edim. To‘g‘ri, ular hozir quyi pog‘onada borishmoqda, biroq shuni unutmaslik kerakki, VXLda istalgan jamoa raqibining "oyog‘idan chalishi" mumkin.

Bugun chetlatishlarsiz o‘ynadik. O‘ylashimcha, yigitlar meni eshitishdi. Qarang, biz nechta bahsni keraksiz follar tufayli so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldik? Bu asabiylashishdan kelib chiqadi. O‘yinchi noto‘g‘ri harakatni amalga oshiradi, noto‘g‘ri qarorni qabul qiladi, natijada qoida buzadi. Bugun baxtimizga barcha to‘g‘ri xatti-harakatlarni amalga oshirdi. Raqibda ham qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo yigitlar chiday olishdi. Chidam va to‘g‘ri o‘yin - g‘alaba kaliti", - dedi Popixin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!