Evloev va Sterling jang qiladi(mi?)
UFC ning yarim engil vazn toifasidagi Movsar Evloev(18-0) Aldjameyn Sterling(24-4)ga murojaat qilib, 24 avgust kuni "UFC Fight Night 243" ning asosiy to‘qnashuvida jang qilishga chaqirdi.
"Aljo, men UFC rasmiylari bilan aloqada bo‘ldim va ular biz 24 avgust kuni, besh raund bo‘ladigan jangda oktagonga chiqishimizni tasdiqladi. Agar men bilan kurashish niyatingiz bo‘lmasa, vaqtimni behuda sarflamang”, — deb yozdi Evloev ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Evloev UFC yarim engil vazn toifasidagi barcha jangchilarni butunlay mag‘lub qilishga va’da bergandi.
Fikrlar