Evra: "Ferguson Messini to‘xtatish vazifasini menga yuklagandi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evra jamoada o‘ynagan paytlarida Aleks Ferguson uni Lionel Messiga qarshi qanday tayyorlaganini esladi.
Evraning aytishicha, Ferguson jamoa yig‘inida barcha o‘yinchilar oldida unga alohida bosim yuklagan.
"Ferguson yig‘ilishni shunday boshlagandi: "Yigitlar, bugun muhim o‘yin. Agar mag‘lub bo‘lsak, bu Patris sabab bo‘ladi". Biz bir-birimizga qarab qoldik, men esa ichimda "mana bosim" deb o‘yladim.
U menga shunday dedi: "Patris, menga Messi dunyodagi eng yaxshi futbolchi yoki kimdir boshqa ekani qiziq emas. Agar biz yutqazsak, agar Messini to‘xtata olmasak — men aybni senga yuklayman”. U meni yaxshi bilardi va men bilan qanday ishlashni ham bilardi", — dedi Evra.
Ma’lum bo‘lishicha, tajribali murabbiy shu yo‘l orqali futbolchini ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlashga harakat qilgan.
Fikrlar