Evra: Men praym paytimda Yamalni yeb qo‘ygan bo‘lardim. Ishonmasangiz Ronalduni va Messidan so‘rang
"Manchester Yunayted" va Frantsiya terma jamoasining sobiq chap qanot himoyachisi Patris Evra "Barselona"ning o‘ng qanot himoyachisi Lamin Yamal bilan to‘qnashuvi nima bilan yakunlanishini taxmin qildi.
“Yamalga qarshi praymimda uni tiriklayin yeb qo‘ygan bo‘lardim. Kechir, Lamin. Men seni yaxshi ko‘raman... Ammo Krishtianu, Messi, boshqa futbolchilardan so‘rang, ular menga qarshi o‘ynaganlarida, men yaxshi yigit emasdim", - deya Evraning so‘zlarini ESPN UK X ijtimoiy tarmog‘ida keltirmoqda.
Lamin Yamal "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda 18 yoshli vinger barcha turnirlarda "ko‘k-anorranglilar" safida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar