
"Evro-2020". Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Italiya o‘z tarixida 4-marta finalga chiqdi
Hozirgina “Evro-2020” yarim final bosqichidan o‘rin olgan Italiya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
60-daqiqada Federiko Keza hisobni ochdi. 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata muvozanatni tikladi. Bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida boshqa gol kiritilmadi va g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasi murojaat etildi.
“Futbol lotereyasi”da esa omad italiyaliklarga kulib borqdi - 4:2. "Moviya gvardiya"dan Lokatellining zarbasini Simon qaytargan bo‘lsa, "qizil furiya" tarkibida Olmo (noaniq) va Morata (darvozabon) penaltini golga aylantira olmadi.
Shu tariqa, Italiya o‘z tarixida to‘rtinchi marta Evropa chempionati finaliga chiqdi. Roberto Manchini shogirdlarining finaldagi raqibi esa Angliya - Daniya uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar