Evro-2020 saralash bosqichi. Rossiya Qozog‘istonni yirik hisobda mag‘lub etdi, Slovakiya Uelsga imkoniyatni boy berdi

Musobaqaning "I" guruhida ishtirok etayotgan Rossiya terma jamoasi 2-turda Qozog‘iston mehmoni bo‘ldi va 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Parallel ravishda kechgan Uels - Slovakiya ("E" guruhi) qarama-qarshiligida esa uelsliklar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.

Evro-2020 saralash bosqichi. 2-tur

Qozog‘iston – Rossiya 0:4 (0:2, 0:2)

Gollar: 0:1 – 19 Cherishev, 0:2 – 45 Cherishev, 0:3 – 52 Dzyuba, 0:4 – 62, avtogol Beysebekov.

Qozog‘iston – Nepogodov, Beysebekov, Logvinenko (Vorogovskiy, 29), Malyy, Axmetov, Zaynutdinov, Merkel, Murtazaev (Turisbek, 59), Kuat, Suyumbaev, Pertsux (Jukov, 85).

Rossiya – Gilerme, Kudryashov, Fernandes, Semenov, Jikiya, Cherishev, Gazinskiy, Ionov (Ignatev, 61), Axmetov (Al. Miranchuk, 72), Ozdoev, Dzyuba (Chalov, 82).

Ogohlantirishlar: Suyumbaev (50), Kuat (59), Axmetov (64), Cherishev (70).


Uels – Slovakiya 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 5 Djeyms.

Uels – Xennessi, Devis, Lourens, Mifem, Roberts, Bruks (Roberts, 60), Uilson (Volks, 87), Smit, Allen, Beyl, Jeyms (Uilyams, 73).

Slovakiya – Dubravka, Pekarik (Shafranko, 90), Vavro, Shkrinyar, Gantsko, Mak (Stox, 69), Kutska, Duda (Dyurish, 65), Lobotka, Rusnak, Gamshik.

Ogohlantirishlar: Mak (15), Vavro (31), Lobotka (41), Allen (53), Bruks (60), Dyurish (69), Gamshik (86), Stox (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!