"Evro-2020"ga bormaydigan frantsuz yulduzlari

  • 4 iyun, 2021, 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionati boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Aksariyat mutaxassislar tomonidan g‘oliblik uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Degam tarkib tanlashda juda katta qiyinchilikka duch kelgan bo‘lishi aniq.

Tecno

Quyida “Evro-2020”ga boradigan futbolchilar ro‘yxatidan tushib qolgan frantsiyalik futbolchilarni ko‘rib, ulardan bemalol raqobatbardosh yana bir terma jamoa shakllantirish mumkinligiga ishonish mumkin.

“Evro-2020” qaydnomasiga kiritilmagan frantsiyalik yulduzlar:

Dayo Upamekano («Bavariya») – 60 mln evro;

Eduardo Kamavinga («Renn») – 60 mln evro;

Antoni Marsyal (MYu) – 50 mln evro;

Ferlan Mendi («Real») – 50 mln evro;

Teo Ernandes («Milan») – 50 mln evro;

Ussem Auar («Lion») – 50 mln evro;

Tangi Ndombele («Tottenxem») – 50 mln evro;

Kristofer Nkunku («RB Leyptsig») – 40 mln evro;

Mussa Diabi («Bayer») – 38 mln evro;

Aleksandr Lyakazett («Arsenal») – 35 mln evro;

Jonatan Ikone («Lill») – 30 mln evro;

Uesli Fofana («Lester») – 30 mln evro.

Shuningdek, Allen Sen-Maksimen, Alassan Plea, Nabil Fekir, Mussa Dembele, Alfons Areola, Leyven Kurzavani ham ushbu ro‘yxatga bemalol kiritish mumkin.

Quyida "Evro-2020"ga boradigan Frantsiya terma jamoasi tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

22_5

Frantsiya terma jamoasi musobaqaning “F” guruhida Germaniya, Vengriya va Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!