
Evropa chempionati kashfiyoti "Liverpul" safiga o‘tishga yaqin
Gruziya milliy terma jamoasi va "Valensiya" klubi darvozaboni Georgiy Mamardashvili bugun "Liverpul» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Liverpul" "Valensiya" bilan gruziyalik darvozabon transferi borasida kelishib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Qayd etilishicha, mersisaydliklar gruziyalik darvozabon uchun 35 million evro to‘laydi.
Kelishuvga muvofiq, Mamardashvili joriy mavsumni ijara asosida aynan "Valensiya" safida o‘tkazadi. Kelasi yil yozda esa, "Liverpul"ga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, posbon o‘tgan mavsumda umumiy 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol qo‘yib yuborgan. Yana 13 ta bahsda esa, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. "Transfermarkt" portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining hozirgi kundagi bozor qiymati 45 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar