Evropa futbolida noyob voqea ro‘y berdi

  • 21.05.2026 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyalik hujumkor futbolchi Jeydon Sancho Evrokuboklarda avval hech kimga nasib etmagan noyob natijani qayd etdi.

“Aston Villa” 2025-2026 yildgi UEFA Yevropa ligasi finalida “Frayburg”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Angliyaliklar yetakchisi Jeydon Sancho uchun bu ketma-ket uch mavsumdagi uchinchi evrokubok finali bo‘ldi.

Scotland’s Coefficient nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xabar berishicha, Sancho ketma-ket uch mavsumda uch xil evrokubok finaliga chiqqan dunyodagi yagona futbolchiga aylandi.

Shu bilan birga, Jeydon bu natijani uch xil klub bilan qayd etdi. 2024-2025 yildgi mavsumda u “Chelsi” safida UEFA Konferensiyalar ligasi finalida “Betis”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, g‘olib bo‘lgan edi.

2023-2024 yildgi mavsumda esa angliyalik futbolchi Dortmundning “Borussiya”si bilan UEFA Chempionlar ligasi finalida “Real”ga  qarshi o‘ynagan, lekin hal qiluvchi bahsda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

Sancho ushbu uchala finalda ham ijarа asosida jamoalari safida o‘ynagan, futbolchiga bo‘lgan huquqlar esa “Manchester Yunayted”ga tegishli.

Transfermarkt internet-portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 20 million yevroni tashkil qiladi. Joriy mavsumda Sancho barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!