Evropa grandlari “Barselona”dan asosiy darvozabonni olib ketmoqchi
«Barselona» darvozaboni Joan Garsiyaga transfer bozorida jiddiy qiziqish kuchaygani xabar qilinmoqda. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ekrem Konur ma'lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, qator yetakchi evropalik klublar yozgi transfer oynasidan foydalanib, 25 yoshli golkiperni o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Hozircha qaysi jamoalar Garsiya uchun kurashayotgani oshkor etilmagan.
Joan Garsiya o‘tgan yil yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning kataloniyalik klub bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Mutaxassislar darvozabonning bozor qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsum Ispaniya La Ligasida Garsiya beshta o‘yinda maydonga tushdi. U to‘rtta gol o‘tkazib yubordi, uchta uchrashuvda esa darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar