Evropa ligasi. "Latsio", "Galatasaroy" va "Vest Xem" g‘alaba qozondi

  • 26.11.2021 01:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Evropa Ligasi 5-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. 

Moskvaning "Lokomotiv" klubi maydoniga safar qilgan "Latsio" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Burgutlar" safida Immobile penaltini ikki bor aniq amalga oshirdi. Shuningdek, Pedro Rodriges yana bir golga mualliflik qildi. 



O‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilgan "Rapid" jamoasi 0:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi. Ingliz klubi safida Yarmolenko va Nobl raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. 



"Galatasaroy" - "Marsel" bahsi gollarga boy bo‘ldi va yakunda turk klubi 4:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!