
Evropa ligasi. "Marsel" va "Sporting" ham keyingi bosqichga yo‘l oldi
Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, "Sporting" o‘z maydonida "Yang Boys" bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Ilk o‘yinda 3:1 hisobida zafar quchgan portugallar ikki bellashuv natijasiga ko‘ra (4:2) keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bundan tashqari, "Marsel" "Shaxtyor"ni 3:1 hisobida taslim etdi. Ikki o‘yinda umumiy 5:3 hisobida g‘alaba qozongan Frantsiya klubi 1/8 final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
"Sporting" - "Yang Boys" 1:1 (4:2)
"Marsel" - "Shaxtyor" 3:1 (5:3)
Fikrlar