Evropada bahaybat darvozabonga mukofot sifatida to‘rt quti tuxum berildi

  • 1 aprel, 05:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiya chempionatining davbatdagi turida “Bryune” jamoasi mamlakatning eeg kuchli klubi hisoblangan “Bude-Glimt” bilan kuch sinashdi.

Tecno

Uchrashuvda “Bude-Glimt” futbolchilari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Bryune” jamoasi darvozaboni Yan de Burning mahorati hisobning yiriklashib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

Bo‘yicha 2 metru 2 santimetr bo‘lgan bahaybat golkiper uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Unga mukofot sifatida to‘rt quti tuxum topshirildi.

Asli niderlandiyalik bo‘lgan 24 yoshli golkiper Norvegiyaga shu yilning fevralida kelgan. “Xerenven”da tarbiyalangan Yan de Bur  professional faoliyati davomida o‘z yurtida “Groningen” va “Venlo” jamoalari a’zosi bo‘lgan.

2025 yilning 5 fevral kuni Yan de Bur “Bryune” klubi bilan 2026 yilning 31 dekabriga qadar davom etadigan professional shartnoma tuzgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!