Yevropada qolgandan pul ishlagan ma'qul. Mashhur yulduz Saudiyaga boradigan bo'lyapti

  • 25.07.2026 14:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” jamoasi himoyachisi Alessandro Bastoni yozgi transfer oynasida jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqida jurnalist Janluka Di Marcio o‘zining rasmiy saytida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Italiya terma jamoasi himoyachisini Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda.

“Al-Hilol” bosh murabbiyi Simone Indzagi Bastonini jamoasida ko‘rishni istamoqda. U avval “Inter”da ishlagan vaqtida ham himoyachi bilan birga faoliyat yuritgan.

Hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yuborilmagan.

Shuningdek, “Al-Hilol” italyalik himoyachini kelasi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishi uchun avval legionerlardan birini jamoadan chiqarishi kerak.

Avvalroq Alessandro Bastoniga “Barselona” va Evropaning bir necha badavlat klublari  ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!