Evropada yana bir chempionat muddatidan avval yakunlandi

  • 20 may, 2020, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uels futbol assotsiatsiyasi koronavirus tufayli to‘xtatilgan chempionatni davom ettirmaslikka va muddatidan avval yakunlashga qaror qildi.

Tecno

Jadvaldagi o‘rinlar esa har bir o‘yinda to‘plangan o‘rtacha ochkolar soniga qarab taqsimlandi. Shunga ko‘ra «Konnaz Kuey» klubi o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Endi ushbu jamoa yangi mavsumda Chempionlar ligasida Uels sharafini himoya qiladi.

Bundan avvalroq qo‘shni Shotlandiya ham chempionat o‘yinlarini muddatidan avval yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!