Evropada yana bir liga o‘yinlari to‘xtatildi
Ukraina futbol assotsiatsiyasi mamlakatda koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakat chempionatini to‘xtatishga qaror qildi.
Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Ukraina premer-ligasi va boshqa barcha musobaqalar 18 mart sanasidan boshlab noma’lum muddatga qoldirilgan.
Ayni damda bo‘lib o‘tgan 23 ta tur yakunlariga ko‘ra “Shaxtyor” klubi musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar