Yevropaning eng kuchli klubi “Barsa” hujumchisini qo‘lga kirityapti
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” hujumchisi Ferran Torres katta ehtimol bilan faoliyatini UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi “Pari Sen-Jermen”da davom ettiradi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga tobora yaqinlashmoqda.
Kataloniya klubi yangi hujumchi xarid qilishni rejalashtirayotgani uchun 26 yoshli ispaniyalik bilan xayrlashishga tayyor.
Shuningdek, uning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ham rejalashtirilmagan. Amaldagi shartnoma esa kelasi yilning o‘rtasida o‘z yakuniga yetadi.
Transfermarkt mutaxassislari Ferran Torresning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholagan.
O‘tgan mavsumda mahoratli futbolchi Hans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar