Evropaning eng yomon 10 ta transferi aniqlandi
ESPN nashri Evropadagi eng yomon yozgi transferlar reytingini e’lon qilib, birinchi o‘rinni "Brentford" hujumchisi Yoan Vissaning 57,7 mln evro evaziga "Nyukasl"ga o‘tishiga berdi. Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi futbolchisi haligacha klub safida debyut qilmagan.
Evropadagi yozgi mavsum oralig‘idagi eng yomon transferlarning to‘liq top-10 ligi quyidagicha:
1. Yoan Vissa - "Brentford"dan "Nyukasl"ga 57,7 mln evro evaziga.
2. Jovanni Leoni - "Parma"dan "Liverpul"ga 31 mln evro evaziga.
3. Xaralampos Kostalas - "Olimpiakos"dan "Brayton"ga 30 million evro evaziga.
4. Ardon Yashari - "Bryugge"dan "Milan"ga 36 million evro evaziga.
5. Dariu Esugu - "Sporting"dan "Chelsi"ga 22,7 million evro evaziga.
6. Tayler Dibling - "Sautgempton"dan "Everton"ga 40,5 million evro evaziga.
7. Omari Xatchinson - "Ipsvich"dan "Nottingem Forest"ga 40 million evro evaziga.
8. Fabiu Silva - "Vulverxempton"dan "Borussiya D"ga 22,5 mln evro evaziga.
9. Arno Kalimuendo - "Renn"dan "Nottingem Forest"ga 30 million evro evaziga.
10. Ben Dok - "Liverpul"dan "Bornmut"ga 23,1 mln evro evaziga.



Fikrlar