Fabio Kannavaro: "Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalar yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishadi"

  • 17.06.2026 07:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

— Xayrli kech barchangizga. Bu biz uchun ilk Jahon chempionati hisoblanadi. Ertaga barcha muxlislarimiz bizni tomosha qiladi, barcha futbolchilarimiz ertangi o‘yinga tayyor.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi o‘z yurishini Kolumbiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. “Oq bo‘rilar” bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

— Husanov albatta muhim himoyachilarimizdan biri, u hali yanada yuqori darajaga chiqish imkoniyatiga ega. U hozir ham yuqori darajadagi o‘yinlarni namoyish etib kelmoqda.

— Menimcha, biz bu yerga eng yaxshi fazilatlarimizni, o‘zbeklarning mentalitetini namoyish qilish uchun kelganmiz. Jamoa bilan ishlayotganda o‘z tajribamni ulashishga harakat qildim. Chunki men ham bir vaqtlari ilk bor Jahon chempionatida debut qilganman va tajribalarimni yetkazib boryapman.

— Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalar yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishadi. Ularning tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ularga qarshi o‘yinda ehtiyotkorlik bilan harakat qilamiz. Biroq Kolumbiyada faqat Xames emas, balki ko‘plab yuqori darajadagi futbolchilar bor.

— Kolumbiyani tahlil qildik, ular oxirigacha kurashadi. Biz ham o‘z imkoniyatlarimizni namoyish etib maydonga tushamiz.

— Biz bu stadionga avval ham kelganmiz, bu yerda Maradona eng yorqin gollarini urgan. Biz ham ushbu tarixiy stadionda ilk o‘yinimizni o‘tkazayotganimizdan xursandmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!