Fabio Kannavaro qur’adan so‘ng hissiyotlari va bo‘lajak raqiblar haqida gapirdi

  • 06.12.2025 01:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlangandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Albatta, bu Jahon chempionati. Istalgan jamoa bizga ro‘baro‘ bo‘lishi mumkin. Biz guruh bosqichida Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushamiz. Bu esa futbolchilarimiz uchun ham, biz uchun ham albatta hayajonli bo‘ladi. Eng asosiysi - Jahon chempionatidamiz!. 
 
Bu - qur’a. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz juda ham xursandmiz, sababi bu tarixiy mundialda ishtirok etamiz. Umid qilaman, oxirigacha kurash olib boramiz",
- deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis. 
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo/ Yamayka / Yangi Kaledoniya bilan kuch sinashadi. 
 

Terma jamoamizning guruh bosqichidagi taqvimi bilan tanishing!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!