Fabio Kapello: Kecha faqat Liverpul emas, Madrid ham portladi

  • 08.05.2019 20:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello kecha bo‘lib o‘tgan "Liverpul" va "Barselona" (4:0) uchrashuvidan so‘ng nafaqat mersisaydlik, balki, madridlik muxlislar ham xursand bo‘lganini aytdi.

“Menga “Liverpul”ning kuchi va hamisha yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishi yoqdi. “Barselona” super seyvlar ko‘rsatgan Alissonga gol ura olmadi.

Kecha faqatgina Liverpul emas, balki, Madrid ham portladi. Chunki, agar “Barselona” Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa, ular juda ranjishardi”, - deydi Kapello.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" finalda "Ayaks" - "Tottenxem" juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!