Fabregas "Arsenal" iqtidorini "Komo"ga olib kelmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Itan Nvaneri Italiya ning "Komo" jamoasi qiziqish doirasiga tushdi.
"Transfer News Live" nashri "TEAMtalk" manbasiga tayanib xabar berishicha, "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas 19 yoshli futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda va transfer amalga oshishi uchun faol harakat qilmoqda.
"Arsenal" hozircha futbolchining kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan. Nvaneri o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijar a asosida "Marsel" safida o‘tkazgan edi.
Manbaga ko‘ra, iqtidorli futbolchi uchun Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bu esa "Komo" uchun jiddiy raqobatni yuzaga keltirishi mumkin.
Itan Nvanerining "Arsenal" bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevro deb baholagan.

Fikrlar