Fabregas : "Chempionlar Ligasi ruhi bizga ilhom beradi"

  • 11.09.2026 14:09
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «RB Leyptsig» ustidan qo‘lga kiritgan ishonchli g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kecha shahar va klub tarixi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Sky Sport Italia bilan suhbatda Fabregas bu natijani «Komo» futbolchilari uzoq vaqt davomida qilgan mehnati va matonati uchun munosib sovg‘a, deb ta’kidladi. Ispaniyalik mutaxassis jamoasi yosh tarkibdan shakllanganini, Chempionlar ligasi muhiti esa ularga qo‘shimcha ruh va energiya berganini qayd etdi.

 

«Biz har uch kunda maydonga tushishimizga to‘g‘ri keladi, shuning uchun kamtar bo‘lib qolishimiz va har safar sifatli o‘yin ko‘rsatishimiz shart. Oldimizda juda og‘ir mavsum turibdi. Butun masofa davomida to‘g‘ri kayfiyat va ruhiy tayyorgarlikni saqlab qolishga harakat qilishimiz kerak. Hozirgi quvonch uzoqqa cho‘zilmaydi, chunki juda tez orada Seriya A doirasida navbatdagi o‘yin kutib turibdi», – dedi Fabregas.

 

Eslatib o‘tamiz, «Komo» o‘zining ilk Chempionlar ligasi uchrashuvida «Leyptsig» jamoasini yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!