Fabregas: U Angliya futbolining afsonasiga aylanishi mumkin edi

  • 15 noyabr, 2020, 00:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Arsenal"dagi sobiq jamoadoshi Jek Uilsher haqida gapirdi.

Tecno

“U juda iste’dodli. U men bilan birga o‘ynagan eng iqtidorli futbolchilardan biri. 16 yoshli Jekni birinchi marta mashg‘ulotlarda ko‘rganimda, u juda yaxshi, kuchli va aqlli yigit, deb o‘ylaganman. Afsuski, uning faoliyati bunday o‘tgani sharmandalik. U Angliya futbolida afsonaga aylanishi mumkin edi. Men Uilsherni “Real” yoki “Barselona”da o‘ynashi mumkin bo‘lgan kam sonli futbolchilardan biri, deb o‘ylardim”, - dedi Sesk.

Joriy yilning oktyabr oyida “Vest Xem” 28 yoshli Uilsher bilan shartnomani bekor qildi. Jek hozirda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!