Fabregas Xabi Alonsoning “Real”dagi asosiy muammosini aytdi
"Real Madrid"ning asosiy muammosi ma’lum bo‘ldi.
“Komo” bosh murabbiyi Sesk Fabregas jurnalistlar bilan suhbatda Xabi Alonsoning “Real Madrid” klubidagi eng katta muammosi nimada ekanini ta’kidladi. Fabregas Marca nashriga bergan intervyusida shunday dedi:
“Real”ning barcha futbolchilari o‘zini asosiy tarkibda maydonga tushishga va etarli darajada o‘yin amaliyoti olishga loyiq deb hisoblaydi.
Ularning har biri taxminan 50 million evrog‘a baholanadi va milliy terma jamoalarda to‘p tepadi. Barchasiga birdek o‘yin vaqti berish va bu jarayonni boshqarish eng qiyin masala”, — dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Alonso yaqin vaqt ichida “qirollik klubi”ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ayni paytda “qaymoqranglilar” La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar (0)