Faizullaev oxir-oqibat mundial qahramoni bo‘lib chiqdi

  • 28.06.2026 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilgan mundialdagi debyutini tahlil qilayotgan mutaxassislar tarkibda o‘zining salohiyati va iqtidorini namoyish qilgan ijrochilar ham, o‘z imkoniyatidan past darajada o‘ynagan futbolchilar ham borligini ta’kidlamoqda. 

Tarixiy chempionatda o‘zining yorqin o‘yini bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan futbolchilardan biri 22 yoshli Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi. 

Terma jamoamiz natijasi ijobiy ko‘rinish olgani yo‘q, ammo Abbosbek Fayzullaev mundial o‘yinlarida o‘z nomini tarixga yozganlardan bo‘ldi. 

Fayzullaev mundialda gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisidir. Uning Meksikadagi mashhur "Atsteka" stadionida Kolumbiya darvozasiga kiritgan to‘pi tarixiy ahamiyat kasb etdi. Bu gol orqali Abbosbek Fayzullaev XXI asrda jahon chempionatlarida bosh bilan darvozani ishg‘ol qilgan eng past bo‘yli (167 sentimetr) o‘yinchi sifatida rekord o‘rnatdi. 

Bundan tashqari, Fayzullaev guruhdagi uchinchi uchrashuv - Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi bahsda Eldor Shomurodovning supergoliga ajoyib pas tashlab berdi. 

Terma jamoamizning mundialda inobatga olingan har ikki golida ishtirok etgan hujumkor futbolchimiz terma jamoamizning  tarkibdagi eng samarali o‘yinchi ekani qayd etildi. 

Abbosbek shu tariqa jahon futboli tarixida ikki bor o‘z nomini qoldirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev shu paytga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘qqizta gol yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!