
FAKT: Malayziyaga hali mag‘lub bo‘lmaganmiz!
Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi vakillarimiz ayni kunlarda Iordaniyada mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in doirasida Malayziya terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" bugunga qadar Malayziya bilan 6 bor to‘qnash kelgan. Shundan 5tasida terma jamoamiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmagan. So‘nggi bor jamoalar 2009 yil yil Osiyo kubogi saralashida bahs olib borgan. O‘shanda O‘zbekiston 3:1 hisobida zafar quchgan edi.
O‘yinlar tarixi
Iordaniya poytaxtidagi "Amman Internet Stadium"da bo‘ladigan bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar