
FAKT! "Navbahor" hujumchisi "Buxoro"da (Foto)
Shohruz Norxonov 2023 yilning boshida "So‘g‘diyona"dan "Navbahor"ga ko‘chib o‘tgandi. Hujumchi "lochinlar" safida o‘zini ko‘rsata olmay, zaxirada qolib ketdi. Shu bois Norxonov o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoa safiga o‘tishga qaror qildi.
"Buxoro" Superliga ikkinchi davrasiga Tojikistonda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yig‘in davomida yangi futbolchilar ko‘zdan kechirilyapti.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Norzonov "Buxoro" yig‘inida ishtirok etmoqda. Hujumchi ayni paytda davom etayotgan Tojikistonning "Ravshan" klubiga qarshi o‘rtoqlik bahsida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
"Nasaf" legioneri "Buxoro"da! (Foto)
Eslatib o‘tamiz, 7 iyul kuni "Buxoro" klubi matbuot xizmati Shohruz Norxonov jamoa mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgani haqida ma’lumot berib, birozdan so‘ng ushbu xabar texnik xato tufayli chiqib ketganligini bildirgandi...
Shoxruz Norxonov o‘tgan yili "So‘g‘diyona"da Ulug‘bek Baqoev bilan birga ishlagan. Endi esa ular "Buxoro"da...
Fikrlar