Fakt! "Qo‘qon-1912" Bekoboddan faqat bir marta g‘alaba bilan qaytgan

  • 26 aprel, 2019, 08:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertangi bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar

Mazkur jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 18 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning to‘qqiztasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. Ettita uchrashuvda bekobodliklarning qo‘li baland kelgan. Ikkita bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.

To‘plar nisbati 29-26 qo‘qonliklar foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda "Qo‘qon-1912" 29 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Metallurg” hisobida esa 23 ochko mavjud.

Bekobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar:

16.03. 2018 Metallurg – Qo‘qon 1912 1:0

22.09.2017 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:0

30.04.2016 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:1

06.06.2015 Metallurg – Qo‘qon 1912 2:1

14.05.2003 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:1

23.03.2002 Metallurg – Qo‘qon 1912 0:2

20.09.2000 Metallurg – Temiryo‘lchi 6:1

18.04.1999 Metallurg – Temiryo‘lchi 2:0

29.05.1998 Metallurg – Temiryo‘lchi 1:1

Yirik g‘alabalar

Qo‘qonliklar ushbu jamoani uch marta yirik hisobda dog‘da qoldirishgan – 1999 yilda 5:1, 2003 yilda 4:0, 2017 yilda 3:0. O‘z navbatida “Metallurg” ham ikki marta "Qo‘qon-1912"ni yirik hisobda mag‘lub etgan – 2000 yilda 6:1, 2017 yilda 3:0.
O‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan duranglar esa ushbu jamoalarning birinchi va ikkinchi uchrashuvlarida ya’ni, 1998 yildagi bahslarda qayd etilgan. 20 yildan beri bu klublar to‘qnashuvida durang natija kuzatilayotgani yo‘q.

Murabbiylar

Yana bir qiziq ma’lumot. Ushbu jamoalarni boshqarayotgan har ikki bosh murabbiy – Andrey Shipilov va No‘’mon Hasanovlar bundan bir necha yil oldin “Paxtakor” jamoasida birga ishlashgan. Ushbu bahs ularning bosh murabbiylikdagi uchinchi to‘qnashuvi bo‘ladi.

O‘tgan yilgi o‘yinlar

Ushbu jamoalar o‘tgan mavsumda o‘zaro ikkita bahsda maydonga tushishgandi. O‘yinlarning bitatsida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. Bitta uchrashuvda esa "Metallurg" ustun kelgan. Bekobodda o‘tkazilgan so‘nggi bellashuvda “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan.

Boshlanish vaqtlari

“Metallurg” - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi, ertaga Bekoboddagi “Metallurg” stadionida soat 18:30 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 6-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin Bekoboddagi "Anoxin" stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!