Fakt! “Sherdor” ketma-ket ikki turda ham gol ura olmadi
Mavsum starti arafasida o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan Samarqandning “Sherdor” jamoasi A Pro-ligani muvaffaqiyatsiz boshladi.
Baxtiyor Sattarov shogirdlari ortda qolgan ikki turda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Dastlabki turda “Mash’al”ni o‘z maydonida qabul qilgan “Sherdor” jamoasi 90+4 – daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan va yakunda 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
2-turda esa “Sherdor” jamoasi mehmonda “Xorazm”ga qarshi to‘p surdi. Bu safar ham samarqandliklar muvaffaqiyatsizlikga uchradi va yakunda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, “Sherdor” ikki turdan so‘ng A Pro-liga jamoalari orasida gol ura olmagan yagona jamoaga aylandi.
Fikrlar