Farg‘onada 5ta yosh toifasidagi Respublika birinchiligining dastlabki bosqichi boshlandi

  • 22 mart, 2018, 19:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimi asosida Farg‘onada 5ta yosh toifadagi guruhlarda futbol bo‘yicha Respublika birinchiligining dastlabki bosqich o‘yinlari start oldi. Bu haqda O‘Fa rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Tecno

Unga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqaning dastlabki bosqichida “Neftchi” FM (Farg‘ona), Toshloq tumani, Qo‘qon BO‘SM-2 va “Kimyogar” (Qo‘qon) jamoalari  yarim finaliga yo‘llanma olib, o‘zaro o‘yinlar o‘tkazishdi.

Yarim finalda g‘alaba qozongan “Neftchi” FM va Qo‘qon BO‘SM-2 jamoalari 21 mart kuni g‘oliblik uchun maydonga tushishdi. O‘yinda katta tashabbusga ega bo‘lgan “Neftchi” futbol maktabining 2005 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilari 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada g‘olib chiqqan jamoa O‘FAning 2018 yil taqvim rejasiga asosan o‘tkazilishi rejalashtirilgan Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Qolgan yoshdagi bolalar o‘rtasidagi musobaqalarga ham qizg‘in davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!