Farhod Bekmurotov: "Turon" bilan o‘yingacha o‘zimni to‘liq tiklay olaman"

  • 06.11.2023 22:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Andijon" jamoasining asosiy futbolchilaridan biri Farhod Bekmurotov o‘tgan turda “Qizilqum”ga qarshi o‘yinda yordam bera olmagandi. Chunki u OKMKga qarshi bellashuvda oyog‘ining son qismidan jarohat olgandi. Natijada Navoyidagi bahsni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi. Bekmurotov “Andijon” matbuot xizmatiga hozirgi holati haqida shunday dedi:

“Boshida jarohatim jiddiyroq edi. Lekin oradan vaqt o‘tdi, davolanishim rejadagidek kechdi. Jarohatdan keyin tiklanish yaxshi bo‘ldi. Jamoamning umumiy guruh mashg‘ulotiga qo‘shilaman. Keyingi uchrashuvgacha hali vaqt bor. Umid qilamanki, “Turon”ga qarshi o‘yingacha o‘zimni to‘liq tiklay olaman va hammasi yaxshi bo‘ladi”, - deya fikr bildirdi, Farhod.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!